Yosh shunchaki raqam. O‘zbekistonda 60 yoshdan oshgan 162 erkak farzandli bo‘ldi

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 191 ming 86 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ular orasida 60 yoshdan o‘tgan otalardan dunyoga kelganlar soni 162 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, eng katta ko‘rsatkich 25-39 yosh oralig‘idagi otalar hissasiga to‘g‘ri keladi — 158 ming 984 nafar. 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar orasida esa bu raqam 16,4 ming nafarni tashkil etgan.
40 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan erkaklar joriy yilning dastlabki choragida 15,5 ming ta farzandli bo‘lishgan. E’tiborlisi shundaki, 60 yosh va undan katta yoshdagi otalar soni 162 nafarga yetgan, ularning 14 nafari esa hatto 70 yoshni qoralab o‘tganlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Avvaleroq Kursiv nashri O‘zbekistonda yil boshidan buyon o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilgani haqida xabar bergan edi.