O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 36 mingtadan oshdi

eʼlon qilindi
Mamlakatdagi jami 425,8 mingta tijorat tashkilotining qariyb 9 foizi oilaviy korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2026-yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 36 ming 434 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami tijorat tashkilotlari soni 425,8 mingtani tashkil etmoqda. Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ularning asosiy qismini, ya’ni 338,9 mingtasini (79,6 foiz) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil qiladi.

Tadbirkorlik subyektlari orasida xususiy korxonalar ikkinchi o‘rinda bo‘lib, ularning soni 46,3 mingtaga (10,9 foiz) yetgan. Oilaviy korxonalar esa 8,6 foizlik ulush bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 645 ta (0,2 foiz) aksiyadorlik jamiyati va 3,4 ming ta (0,8 foiz) boshqa turdagi subyektlar ro‘yxatdan o‘tgan.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston Xitoyga 10 turdagi quritilgan sabzavotni eksport qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek