Prezident O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Chet ellarda tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarni ham
Prezident Oliy Majlis va xalqqa murojaat bilan chiqadi
Prezident O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi / Foto: Getty Images

Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigini yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tabrikda Qurbon hayiti tinchlik, mehr-oqibat va saxovat bayrami ekani ta’kidlanib, uning mazmun-mohiyati mamlakatda amalga oshirilayotgan insonparvarlik ruhidagi islohotlar bilan uyg‘un ekani qayd etildi:

«… ko‘pmillatli yurtimizda osoyishtalik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlar, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla va xonadonlarni obod qilishga qaratilgan ishlarimizda Qurbon hayitining ezgu an’analari kuch-g‘ayrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlash lozim».

Shuningdek, keyingi yillarda O‘zbekistonning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish hamda islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Prezident bu boradagi ishlarga misol sifatida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Marg‘ilondagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasini tilga oldi.

Murojaatda bu yil 15 mingdan ziyod o‘zbekistonlik hojilar muqaddas haj amalini ado etayotgani, ilk bor «Prezident hojilari» dasturi joriy etilgani ham qayd etildi. Mazkur dastur asosida yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan 100 nafar yurtdosh va ularning oila a’zolari haj safariga yuborilgani ma’lum qilindi.

«Mana shu saodatli onlarda barcha hojilarimizni Qurbon hayiti bilan qutlab, ibodatlari qabul bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz», — deya umid bildirdi davlat yetakchisi.

Mirziyoyev xorijdagi vatandoshlarni ham bayram bilan tabriklab, barcha musulmon davlatlari va hamkor mamlakatlarga tinchlik, ravnaq va farovonlik tiladi. Shuningdek, bayram kunlarida ham Vatan sarhadlari va xalq xizmatida bo‘layotgan yurtdoshlarga minnatdorlik bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qurbon hayiti munosabati bilan 10 ming nafar bolada bepul jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek