Qurbon hayiti kuni Toshkentda ayrim yo‘llar yopiladi

eʼlon qilindi
Cheklovlar soat 00:00 dan 06:30 gacha amal qiladi
Qurbon hayiti kuni Toshkentda ayrim yo‘llar yopiladi
Rasm: Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasi

27-may kuni Qurbon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkentdagi masjidlar yaqinidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasiga ko‘ra, cheklovlar soat 00:00 dan 06:30 gacha amal qiladi.

Shu sabab avtobus yo‘nalishlari yondosh ko‘chalar orqali harakatlanadi. Ayrim yo‘nalishlarda qatnov oralig‘i uzayishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.

t/rMasjid nomiHarakat cheklanadigan hududAvtobus yo‘nalishlari
1Tepa masjidiMirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar 50
2Islom ota masjidiYashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar  22, 127
3Ali ibn Abu Tolib masjidiYashnobod tumani, Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar 18, 106, 148
4Usmon bin Maz’um masjidiYakkasaroy tumani, KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasigacha32, 62, 70, 143
5Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidiShayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasiga qadar 8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146
6Hazrati Imom masjidiOlmazor tumani, Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar 42, 43, 109
7Islomobod masjidiOlmazor tumani, KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar65, 118, 120
8Do‘stjonboy (Sulola) masjidiOlmazor tumani, Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar118, 120
9Mirza Yusuf masjidiYunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar38, 50
10Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidiUchtepa tumani, Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasiga qadar 13, 56
11Hazrati Ali masjidiUchtepa tumani, Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha 64, 73, 87, 114, 139
12Novza masjidiChilonzor tumani,  Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar56, 118, 150
13Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidiChilonzor tumani, Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar17T, 98
14Ubay ibn Ka’b (Bo‘rijar) masjidiChilonzor tumani, Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar 17T, 98
15Katta Qozirobod masjidiChilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi18, 77, 80, 103, 135
16O‘nqo‘rg‘on jome masjidiQibray tumani, A.Ustaboboyev ko`chasi, O’nqo’rg’on MFY3
17Bo‘ta buva jome masjidiChilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi161
18Mirxalil xoji masjidiToshkent tumani, Bobur ko‘chasi65
19Umar Ibn Xattob masjidiYunusobod tumani, Bog‘iravon ko‘chasi35, 78
20Yunusobod Oq-tepa masjidiYunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi71
21Eshon Boboxon masjidiShayxontohur tumani,, Al-Xorazmiy ko‘chasi29

Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ishlaydi.

Shuningdek