
27-may kuni Qurbon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan Toshkentdagi masjidlar yaqinidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Тоshkent shahar transport bosh boshqarmasiga ko‘ra, cheklovlar soat 00:00 dan 06:30 gacha amal qiladi.
Shu sabab avtobus yo‘nalishlari yondosh ko‘chalar orqali harakatlanadi. Ayrim yo‘nalishlarda qatnov oralig‘i uzayishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.
| t/r | Masjid nomi | Harakat cheklanadigan hudud | Avtobus yo‘nalishlari |
|---|---|---|---|
| 1 | Tepa masjidi | Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar | 50 |
| 2 | Islom ota masjidi | Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar | 22, 127 |
| 3 | Ali ibn Abu Tolib masjidi | Yashnobod tumani, Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar | 18, 106, 148 |
| 4 | Usmon bin Maz’um masjidi | Yakkasaroy tumani, KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasigacha | 32, 62, 70, 143 |
| 5 | Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi | Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasiga qadar | 8T, 20, 27, 35, 46, 53, 73, 91, 146 |
| 6 | Hazrati Imom masjidi | Olmazor tumani, Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar | 42, 43, 109 |
| 7 | Islomobod masjidi | Olmazor tumani, KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar | 65, 118, 120 |
| 8 | Do‘stjonboy (Sulola) masjidi | Olmazor tumani, Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar | 118, 120 |
| 9 | Mirza Yusuf masjidi | Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar | 38, 50 |
| 10 | Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi | Uchtepa tumani, Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasiga qadar | 13, 56 |
| 11 | Hazrati Ali masjidi | Uchtepa tumani, Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha | 64, 73, 87, 114, 139 |
| 12 | Novza masjidi | Chilonzor tumani, Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar | 56, 118, 150 |
| 13 | Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi | Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar | 17T, 98 |
| 14 | Ubay ibn Ka’b (Bo‘rijar) masjidi | Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar | 17T, 98 |
| 15 | Katta Qozirobod masjidi | Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi | 18, 77, 80, 103, 135 |
| 16 | O‘nqo‘rg‘on jome masjidi | Qibray tumani, A.Ustaboboyev ko`chasi, O’nqo’rg’on MFY | 3 |
| 17 | Bo‘ta buva jome masjidi | Chilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasi | 161 |
| 18 | Mirxalil xoji masjidi | Toshkent tumani, Bobur ko‘chasi | 65 |
| 19 | Umar Ibn Xattob masjidi | Yunusobod tumani, Bog‘iravon ko‘chasi | 35, 78 |
| 20 | Yunusobod Oq-tepa masjidi | Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi | 71 |
| 21 | Eshon Boboxon masjidi | Shayxontohur tumani,, Al-Xorazmiy ko‘chasi | 29 |
Eslatib o‘tamiz, 27-may kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ishlaydi.