O‘zbekistonda UzNEX kriptobirjasi yopildi: mablag‘larni qanday qaytarib olish mumkin

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Agar "KOBEA GROUP" rahbariyati aktivlarni qaytarish choralarini ko‘rmasa yoki jarayonni asossiz kechiktirsa, agentlik mijozlardan darhol xabar berishni so‘raydi
Foto: UzNEX / Kursiv Uzbekistan

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktori buyrug‘iga binoan, «KOBEA GROUP» MChJ XK (UzNEX kriptobirjasi)ga berilgan litsenziya 2026-yil 25-may sanasidan bekor qilindi.

Litsenziyani bekor qilish qarori kompaniyaning o‘z murojaatiga asosan qabul qilingan. Endilikda birja faoliyati to‘xtatiladi va mijozlar o‘z aktivlarini qaytarib olishlari lozim.

Mijozlar uchun eslatma: aktivlarni qaytarish tartibi

Kompaniya mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishi va pul mablag‘lari hamda kriptoaktivlarni 3 kundan 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatda qaytarishi shart.

Murojaat uchun kontaktlar:

  • Maxsus elektron pochta: refund@kobea-group.uz (mablag‘larni qaytarish masalalari uchun).
  • Telefon: +998 78 777-55-06.
  • Ofis manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy (soat 09:00 dan 18:00 gacha).

Agar mablag‘lar qaytarilmasa nima qilish kerak?

Agar «KOBEA GROUP» rahbariyati aktivlarni qaytarish choralarini ko‘rmasa yoki jarayonni asossiz kechiktirsa, agentlik mijozlardan darhol xabar berishni so‘raydi.

Muhim: Shikoyatlarni ILMAning maxsus elektron pochtasiga yuboring: case_kobea@napp.uz.

Eslatib o‘tamiz, UzNEX mamlakatdagi birinchi litsenziyalangan kriptobirja edi (litsenziya 2019-yil oxirida olingan). 2026-yil 26-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda kriptobirja faoliyatini yuritish uchun faqat ikkita kompaniya — Coinpay va Asterium litsenziyaga ega.

Shuningdek