Qurbon hayiti tabriklari, Toshkentga $3 mlrddan ziyod investitsiya va UzNEX yopilishi — 27-may kuni e’lon qilingan yangiliklar

Prezident farmoni bilan tadbirkorlarga yangi yengilliklar berildi, Toshkentga Xitoydan $3 mlrd ziyod investitsiya va UzNEX yopilishi — 27-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.
1-iyundan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi

Kursiv Uzbekistan 1-iyundan O‘zbekistonda yuz beradigan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
O‘zbekistonda UzNEX kriptobirjasi yopildi: mablag‘larni qanday qaytarib olish mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktori buyrug‘iga binoan, «KOBEA GROUP» MChJ XK (UzNEX kriptobirjasi)ga berilgan litsenziya 2026-yil 25-may sanasidan bekor qilindi.
Litsenziyani bekor qilish qarori kompaniyaning o‘z murojaatiga asosan qabul qilingan. Endilikda birja faoliyati to‘xtatiladi va mijozlar o‘z aktivlarini qaytarib olishlari lozim.
Aktivlarni qaytarish tartibi
Kompaniya mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishi va pul mablag‘lari hamda kriptoaktivlarni 3 kundan 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatda qaytarishi shart.
Besh kunlik dam: qaysi banklar xizmat ko‘rsatishda davom etadi

O‘zbekistonda 27-maydan 31-maygacha dam olish kunlari deb e’lon qilindi. Bayram kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari zarur bo‘lsa, qaysi banklar ishlaydi? Bayram kunlari ham aholi uchun quyidagi banklarning shoxobchalari ochiq bo‘ladi.
JCh: Ebola va karantin O‘zbekistonning raqibiga qanday ta’sir qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi guruhdosh raqibi — Kongo hududida Ebola xavfi sababli AQSh hukumati ushbu mamlakatdan keluvchilarga 21 kunlik qat’iy karantin e’lon qildi. Shu bilan birga, yana bir ishtirokchi Eron terma jamoasi AQSh vizasidagi murakkabliklar tufayli o‘z bazasini Meksikaga ko‘chirishga qaror qildi. Kursiv Uzbekistan bu haqida ekspert bilan gaplashdi.
AQSh JCh – 2026 uchun tarkibni e’lon qildi: Pochettino 26 nafar futbolchini tanladi

AQSh futbol federatsiyasi mamlakat mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni rasman taqdim etdi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Nyu-Yorkdagi maxsus tadbirda 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan turnir uchun o‘z tanlovini e’lon qildi.
Keshbek tahlili va ERIga taqiq: «Soliq» ilovasida nima yangilandi

O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi o‘zining flagman mobil ilovasi – «Soliq»ning navbatdagi versiyasini taqdim etdi. Bu galgi o‘zgarishlar shunchaki dizayn emas, balki foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilish va keshbeklar tahlilini tubdan yaxshilashga qaratilgan.
Kichik biznes uchun yangi qoidalar: 6 foizlik QQS, 0 foizlik foyda solig‘i va tekshiruvlarga «stop»

O‘zbekiston prezidentining yangi PF-100-sonli farmoni e’lon qilindi. Hujjat kichik biznes subyektlari uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda biznesning o‘sishini rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Xitoy bilan Toshkentni rivojlantirishga oid 3,5 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi

Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston – Xitoy hududlararo forumi Toshkent shahri uchun yirik moliyaviy kelishuvlar bilan yakunlandi. Poytaxt hokimligi xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 3,5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan investitsiya va eksport shartnomalarini imzoladi.
Kelishuvlarning asosiy qismi — 3,35 mlrd dollari bevosita investitsiyalarga, 156 mln dollari esa eksport shartnomalariga to‘g‘ri keladi.
Qurbon hayiti uchun tabriknomalar to‘plami

Qurbon hayiti munosabati bilan yaqinlaringiz uchun munosib so‘zlar qidiryapsizmi? «Kursiv» siz uchun maxsus tabriknomalar to‘plamini taqdim etadi. Endi oddiy so‘zlar o‘rniga eng ezgu va mazmunli tilaklarni yaqinlaringizga ulashishingiz mumkin.