Biznes sun’iy ravishda bo‘linishga majbur bo‘lgan — Saida Mirziyoyeva

eʼlon qilindi
Prezident administratsiyasi rahbari kichik biznes uchun yaratilgan yangi qoidalar haqida gapirdi
Kichik va o‘rta biznes uchun raqamli kredit platformasi joriy etilishi mumkin
Foto: President.uz

O‘zbekistonda kichik biznes subyektlari uchun soliq yukini yengillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘i tizimini soddalashtirishga qaratilgan yangi qaror ishbilarmon doiralar tomonidan ijobiy kutib olindi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

«Bu masala anchadan buyon tadbirkorlar uchun og‘riqli bo‘lib kelayotgan edi. Hududlarga safarlar chog‘ida ular QQS to‘lashga o‘tish bo‘yicha 1 milliard so‘mlik chegara juda pastligi, soliq ma’muriyatchiligi murakkabligi, tekshiruv va hisobotlar esa haddan tashqari ko‘pligini ta’kidlab kelishardi. Natijada biznes xotirjam rivojlanish o‘rniga sun’iy ravishda bo‘linishga majbur bo‘layotgan edi», – deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Yangi tartibga ko‘ra, QQS to‘lovchisi maqomiga o‘tish uchun belgilangan chegara avvalgi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mgacha oshirildi. Bu o‘zgarish kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun faoliyatni kengaytirish va sun’iy bo‘linish holatlarining oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tadbirkorlar avvaldan soliq ma’muriyatchiligining murakkabligi, hisobotlar ko‘pligi va tekshiruvlar bosimi biznes rivojiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab kelishgan. Yangi yondashuv esa ayniqsa kafelar, do‘konlar, oilaviy korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohasidagi subyektlar uchun yengillik yaratadi.

Shuningdek, hujjatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ham nazarda tutilgan bo‘lib, ular tadbirkorlik muhitini yanada barqaror va qulay qilishga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-iyuldan banklar va mobil operatorlar yirik soliq to‘lovchi sifatida tan olinishi haqida yozgandi.

Shuningdek