Murabbiyni iste’foga chiqargan «Liverpul», sog‘ligi yaxshi deb baholangan Tramp — 30-may kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Murodjon Ahmadaliyev Xegli Moskedani nokaut bilan mag‘lub etdi
Murabbiyni iste’foga chiqargan «Liverpul», sog‘ligi yaxshi deb baholangan Tramp — 30-may kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Getty images

Murabbiyni iste’foga chiqargan «Liverpul», sog‘ligi yaxshi deb baholangan Tramp — 30-may kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

«Liverpul» bosh murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqardi

Liverpul bosh murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqardi
Foto: Getty Images

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiy Arne Slot bilan xayrlashdi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoani ikki mavsum boshqarganidan keyin lavozimini tark etdi.

47 yoshli murabbiy ilk mavsumidayoq «Liverpul»ni mamlakat chempionligiga olib kelgan edi. Bu klub tarixidagi 20-chempionlik bo‘ldi. Biroq uning ikkinchi mavsumi ancha murakkab kechdi. «Liverpul» Premyer-liga mavsumini beshinchi o‘rinda yakunladi. Jamoa keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati natijalarni yetarli deb hisoblamadi.

Soliq qo‘mitasiga 375 mlrd so‘mlik soliq nizolari bo‘yicha shikoyat kelib tushdi

Soliq qo‘mitasiga 375 mlrd so‘mlik soliq nizolari bo‘yicha shikoyat kelib tushdi
Foto: Pexels

2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq qo‘mitasiga soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘yicha 82 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar bo‘yicha umumiy summa 375,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shikoyatlarning asosiy qismi soliq auditi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu yo‘nalishda 59 ta murojaat kelib tushgan va ularning umumiy qiymati 294,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘yicha esa 23 ta shikoyat ko‘rib chiqilgan. Ushbu murojaatlar summasi 80,7 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

Donald Trampning sog‘lig‘i yaxshi deb baholandi

Donald Trampning sog‘lig‘i yaxshi deb baholandi
Foto: Samuel Corum/CNP

AQSh prezidenti Donald Trampning sog‘lig‘i yaxshi holatda. Bu haqda Oq uy e’lon qilgan tibbiy xulosada ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, prezident shifokori Shon Barabella Trampning sog‘lig‘ini «a’lo» deb baholagan. U AQSh prezidenti davlat rahbari va qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni vazifalarini to‘liq bajarishga qodir ekanini bildirgan. Shifokor xulosasida Trampning yurak, o‘pka va asab tizimi yaxshi ishlayotgani qayd etilgan. Shuningdek, uning umumiy jismoniy holati va kognitiv ko‘rsatkichlari ham yuqori darajada ekani aytilgan.

Har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi saqlash tizimlari hisobidan qoplanmoqda

Hhar sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi saqlash tizimlari hisobidan qoplanmoqda
Foto: Pexels

O‘zbekistonda har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi saqlash tizimlari hisobidan qoplanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Bugungi kunda mamlakatda umumiy quvvati 3930 MVt bo‘lgan 15 ta quyosh elektr stansiyasi ishlamoqda. Shuningdek, umumiy quvvati 1652 MVt bo‘lgan 5 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilgan. Joriy yil boshidan buyon ushbu stansiyalar tomonidan 4 mlrd kVt/soatdan ortiq «yashil» elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Donald Tramp Eron bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmadi — OAV

Tramp Eron bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmadi OAV
Foto: Oq uy

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q. Bu haqda The New York Times AQSh administratsiyasidagi yuqori martabali vakilga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Oq uyning vaziyatlar markazida Eron masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. U taxminan ikki soat davom etgan. Shundan so‘ng ham yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Kichik halqa yo‘li vaqtinchalik yopildi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Kichik halqa yo‘lida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklov elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq, deya xabar berdi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

Harakat Janubiy vokzal hududida, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismida cheklanadi. Cheklov Kichik halqa avtomobil yo‘lining Janubiy vokzal yaqinidagi 400 metr masofasini qamrab oladi.

Qozog‘iston Eron uran zaxiralarini qabul qilishi mumkin

Foto: Getty Images

Qozog‘iston Eronning boyitilgan uran zaxiralarini qabul qilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Grossining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston tomoni bu masalaga tayyorligini bildirgan. Bu mavzu uning Qozog‘iston rahbariyati bilan o‘tgan haftadagi uchrashuvida muhokama qilingan.

Murodjon Ahmadaliyev Xegli Moskedani nokaut bilan mag‘lub etdi

Murodjon Ahmadaliyev Xegli Moskedani nokaut bilan mag‘lub etdi
Kollaj: You Tube

O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev Toshkentdagi Humo Arena’da venesuelalik Xegli Moskeda ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Jang to‘rtinchi raundda muddatidan oldin yakunlandi.

Bahs professional boks kechasi doirasida o‘tkazildi. Ahmadaliyev jang boshidan tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. U raqib himoyasidagi bo‘sh zonalarni topib, aniq zarbalar bilan ustunlikni oshirib bordi.

Shuningdek