Amerikada ishlash: o‘zbekistonliklar uchun kruiz kemalarida ish o‘rinlari taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
Oylik maosh lavozimga qarab $900 dan $1650 gacha bo‘ladi
Amerikada ishlash: o‘zbekistonliklar uchun kruiz kemalarida ish o‘rinlari taklif etilmoqda
Foto: Pexels

Dunyodagi yirik dengiz boshqaruv kompaniyalaridan biri bo‘lgan V.Ships Global Recruitment O‘zbekiston fuqarolari uchun kruiz kemalarida ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, nomzodlar xizmat ko‘rsatish, oshxona va bar yo‘nalishlaridagi lavozimlarga qabul qilinadi. Oylik maosh lavozimga qarab $900 dan $1650 gacha bo‘ladi. Service assistant lavozimi uchun 10 ta ish o‘rni ajratilgan. Ushbu yo‘nalishda oylik maosh $1100 etib belgilangan. Bar waiter lavozimiga 5 nafar nomzod qabul qilinadi va maosh $1350 ni tashkil qiladi.

Shuningdek, 2nd cook lavozimi uchun 10 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Bu lavozim bo‘yicha oylik maosh $1650 ga teng. Assistant cook yo‘nalishida 10 ta ish o‘rni taklif qilinmoqda va maosh $1150 ni tashkil etadi. Galley utility lavozimi uchun ham 10 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, oylik maosh $900 bo‘ladi.

Nomzodlardan 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish talab etiladi. Shuningdek, ingliz tilini kamida B1+ darajasida bilish kerak. Yevropa davlatlari tillarini biladigan nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.

Kompaniya ish faoliyati samaradorligi, ya’ni KPI natijalariga qarab oylik maosh va lavozim o‘sib borishini bildirgan. Ishning afzalliklari orasida turli mamlakatlarga bepul sayohat qilish imkoniyati, AQSh ishchi vizasi va huquqiy himoya mavjud. Ishga joylashish jarayoni Migratsiya agentligi ishtirokidagi uch tomonlama kafolatlangan shartnoma asosida amalga oshiriladi.’

Ishga joylashish uchun nomzodlar V.Ships Leisure saytiga kirib, mavjud vakansiyalar bilan tanishishi kerak. Shundan so‘ng o‘ziga mos lavozimni tanlab, shaxsiy ma’lumotlarini to‘liq va aniq kiritgan holda ariza yuboradi.

Agar nomzodning arizasi ma’qullansa, kompaniyaning HR mutaxassislari bir oy ichida u bilan bog‘lanadi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan intervyuga taklif etiladi.

Ish beruvchi tanlagan nomzodlar bilan Migratsiya agentligi orqali uch tomonlama shartnoma tuziladi. Shundan keyin AQSh ishchi vizasini rasmiylashtirish jarayoni boshlanadi.

«Kursiv» avvalroq Yaponiya haydovchilarni ishga taklif qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek