Kichik halqa yo‘li vaqtinchalik yopildi

eʼlon qilindi
Harakat 2026-yil 31-may kuni soat 23:00 ga qadar vaqtincha cheklanadi
Kichik halqa yo‘li vaqtinchalik yopildi
Foto: Yo‘l harakatini tashkil etish markazi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Kichik halqa yo‘lida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklov elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan bog‘liq, deya xabar berdi Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

Harakat Janubiy vokzal hududida, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismida cheklanadi. Cheklov Kichik halqa avtomobil yo‘lining Janubiy vokzal yaqinidagi 400 metr masofasini qamrab oladi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu hududda harakat 2026-yil 31-may kuni soat 23:00 ga qadar vaqtincha cheklangan bo‘ladi. Transport vositalari harakati belgilangan sxema asosida aylanma yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi.

Haydovchilardan harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘raldi. Shuningdek, muqobil yo‘llardan foydalanish va yo‘l belgilariga amal qilish tavsiya etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toshkentdagi to‘rtta avtobus yo‘nalishi vaqtincha qisqartirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek