1-sentabrdan onlayn to‘lovlar uchun universal QR-kod joriy etiladi

eʼlon qilindi
Rossiyada
Foto: Getty Images

Rossiyada 1-sentabrdan boshlab naqd pulsiz to‘lovlar uchun yagona universal QR-kod tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Kichik va o‘rta biznes qo‘mitasi raisi Aleksandr Dyominga tayanib TASS xabar berdi.

Yangi tizimga ko‘ra, do‘kon va kafelarda xaridorlarga to‘lov uchun bir nechta emas, balki bitta QR-kod taqdim etiladi. Fuqarolar istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali shu kodni skanerlab, xarid uchun haq to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

Dyominning ta’kidlashicha, bu yangilik xaridorlar uchun to‘lov jarayonini soddalashtiradi, biznes vakillari uchun esa banklar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, ekvayring xizmatlari xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Natijada tadbirkorlar bitta to‘lov provayderiga bog‘lanib qolmaydi.

Rossiyada universal QR-kod yaratish g‘oyasi ilk bor 2025-yilda muhokama qilingan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Biznes himoya» QR-kod tizimi doirasida nazorat jarayonlari raqamlashtirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek