
Polymarket Sports hisob-kitoblariga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan soat 10:55 holatiga), O‘zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida g‘olib bo‘lish ehtimoli 0,1 foizni tashkil etadi.
Reytingda Fransiya va Ispaniya 17% bilan turnirning asosiy favoriti sifatida ko‘rsatildi. Uchlikni 11% bilan Angliya yakunlagan.
Shuningdek, Portugaliya, Argentina va Braziliya imkoniyati 9% deya qayd etilgan.
Favoritlar reytingi
| Terma jamoa | Ehtimol |
|---|---|
| Ispaniya | 17% |
| Fransiya | 17% |
| Angliya | 11% |
| Portugaliya | 9% |
| Braziliya | 9% |
| Argentina | 9% |
| Germaniya | 5% |
| Niderlandiya | 4% |
| Norvegiya | 3% |
| Kolumbiya | 2% |
O‘zbekiston qaysi o‘rinda
Polymarket Sports reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining chempionlik ehtimoli 0,1 foiz deb baholangan.
O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha Shvetsiya, Kanada, Janubiy Koreya, Gana, Bosniya-Gersegovina, Shotlandiya, Paragvay, Yangi Zelandiya, Gaiti, Iordaniya, Panama, Iroq, Qatar, Saudiya Arabistoni, Kongo DR va Kabo-Verde kabi jamoalar bilan bir xil natijani qayd etgan.
2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor mundial final bosqichida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada va O‘zbekiston o‘yiniga 50 mingdan ortiq chipta sotilgani xabar qilingandi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston terma jamoasi maydonga to‘liq oq libosda tushadi. Darvozabon esa yashil rangli libosda harakat qiladi.