Qaysi Chevrolet avtomobillarini onlayn xarid qilish mumkin

1-iyun 2026 12:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Rasm SI yordamida yaratilgan

UzAuto Savdo platformasi orqali bir qator Chevrolet avtomobillarini navbatsiz va onlayn sotib olish mumkin. Ba’zi modellarga chegirmalar ham e’lon qilingan.

Damas-2

Damas-2 O‘zbekistonda eng ommabop ixcham avtomobillardan biri hisoblanadi. Model asosan yo‘lovchi tashish va kundalik foydalanish uchun tanlanadi.

Foto: Chevrolet

UzAuto Savdo sahifasida Damas-2 uchta modifikatsiyada ko‘rsatilgan. Eng arzon versiya D11 Style bo‘lib, uning narxi 93 mln 156 ming so‘mdan boshlanadi.

ModifikatsiyaNarxi
D11 Style93 mln 156 ming so‘m
D3 Style Kombi96 mln 449 ming so‘m
D2 Style Plus96 mln 932 ming so‘m

Labo

Labo kichik yuk tashish uchun mo‘ljallangan ixcham tijorat avtomobili hisoblanadi. U kichik biznes, savdo va yetkazib berish xizmatlarida ko‘p qo‘llanadi.

Platformada Labo LB2 Plus New modifikatsiyasida ko‘rsatilgan. Uning narxi 96 mln 370 ming so‘mdan boshlanadi.

ModifikatsiyaNarxi
LB2 Plus New96 mln 370 ming so‘m

Damas-3

Damas-3 sahifada Max Van va Move Pas versiyalari bilan berilgan. Ushbu model Damas-2’dan zamonaviyroq ko‘rinishi va boshqa texnik tuzilmasi bilan farq qiladi.

Foto: Chevrolet

Eng arzon versiya Max Van 1.2 LVO bo‘lib, narxi 134 mln 439 ming so‘mdan boshlanadi. Eng qimmat versiya Move Pas 1.5 LVO bo‘lib, 149 mln 11 ming so‘mga baholangan.

ModifikatsiyaNarxi
Max Van 1.2 LVO134 mln 439 ming so‘m
Move Pas 1.2 LVO139 mln 675 ming so‘m
Max Van 1.5 LVO142 mln 471 ming so‘m
Move Pas 1.5 LVO149 mln 11 ming so‘m

Onix

Onix sedan kuzovidagi zamonaviy Chevrolet modeli hisoblanadi. U shahar sharoitida yurish, oilaviy foydalanish va tejamkorlikni xohlaydigan xaridorlar uchun mos keladi.

Foto: Chevrolet

UzAuto Savdo sahifasida Onix to‘rtta modifikatsiyada ko‘rsatilgan. Eng arzon versiya LS MT bo‘lib, narxi 161 mln 900 ming so‘mdan boshlanadi. Eng yuqori versiya Premier 2 Turbo AT Plus bo‘lib, 206 mln 640 ming 160 so‘m turadi.

ModifikatsiyaNarxi
LS MT161 mln 900 ming so‘m
3LT MT169 mln 750 ming so‘m
LTZ Turbo AT184 mln 899 ming 840 so‘m
Premier 2 Turbo AT Plus206 mln 640 ming 160 so‘m

Tracker-2

Tracker-2 Chevrolet’ning ixcham krossover modeli hisoblanadi. U yuqori klirens, avtomat uzatma va zamonaviy dizayn izlayotgan xaridorlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Chevrolet

Sahifada Tracker-2 uchun to‘rtta modifikatsiya ko‘rsatilgan. Eng arzon versiya TRK LS Plus bo‘lib, 215 mln 951 ming 360 so‘mdan boshlanadi.

ModifikatsiyaNarxi
TRK LS Plus215 mln 951 ming 360 so‘m
TRK LTZ Plus229 mln 108 ming 480 so‘m
TRK Premier Plus252 mln 656 ming 160 so‘m
TRK Redline260 mln 474 ming 80 so‘m

Captiva

Captiva o‘rta sinf krossoveri sifatida taqdim etilgan. Model oilaviy foydalanish va keng salon izlaydigan xaridorlarga mos keladi.

Foto: Chevrolet

UzAuto Savdo sahifasida Captiva ikki modifikatsiyada ko‘rsatilgan. LT 2 versiyasi 304 mln 900 ming so‘mdan boshlanadi. Premier versiyasi esa 334 mln 900 ming so‘m turadi.

ModifikatsiyaNarxi
LT 2304 mln 900 ming so‘m
Premier334 mln 900 ming so‘m

Traverse

Traverse katta SUV segmentiga kiradi. U keng salon, yirik kuzov va kuchli ko‘rinishga ega avtomobil izlaydigan xaridorlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Chevrolet

Platformada Traverse Z71 modifikatsiyasida ko‘rsatilgan. Uning narxi 795 mln so‘mdan boshlanadi.

ModifikatsiyaNarxi
Z71795 mln so‘m

Tahoe-2

Tahoe-2 Chevrolet’ning yirik va premium SUV modeli hisoblanadi. U yuqori narx segmentidagi avtomobillar qatoriga kiradi.

Foto: Chevrolet

UzAuto Savdo sahifasida Tahoe-2 High Country modifikatsiyasida ko‘rsatilgan. Uning narxi 1 mlrd 464 mln 500 ming so‘mni tashkil qiladi.

ModifikatsiyaNarxi
High Country1 mlrd 464 mln 500 ming so‘m

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2027-yilgi Chevrolet Bolt yangi sariq rangda chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek