Toshkentda kapital bozorining eng yaxshi ishtirokchilari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
IIMU mukofotlarni 15 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z egalariga topshirdi
Foto: IIMU

Investitsiya institutlari milliy uyushmasi (NAII) O‘zbekiston kapital bozorining eng yaxshi ishtirokchilarini taqdirladi. NAII Awards 2025 marosimi 30-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi uyushma.

An’anaviy mukofotlash marosimidan tashqari, tadbir doirasida panel sessiyasi ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar respublika moliya sektorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hamda investitsiya iqlimiga ta’sir ko‘rsatuvchi dolzarb tartibga solish masalalarini muhokama qildi.

Foto: IIMU

Joriy yilda tashkilotchilar mukofotlarni bozorning asosiy segmentlari — brokerlik xizmatlari va korporativ boshqaruvdan tortib, ESG tashabbuslari va akademik hamkorlikni qamrab olgan 15 ta nominatsiya bo‘yicha taqsimladilar.

Korporativ sektor va M&A yetakchilari

Korporativ blokda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi («O‘zRTXB» AJ) yana g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kompaniya ketma-ket ikkinchi yil «Eng yaxshi korporativ boshqaruv» nominatsiyasida tengsiz ekanini isbotlab, o‘z maqomini mustahkamladi. «Kapitalizatsiya o‘sishi bo‘yicha yetakchi» nominatsiyasida esa bu safar «Hamkor Bank» ATB birinchi bo‘ldi. Korporativ boshqaruv bo‘yicha konsalting segmentida «Premium Finance» kompaniyasi eng yaxshi deb topildi.

M&A (birlashish va yutilishlar) va investitsiyalar sohasida IIMU tomonidan «TBC Bank Group»ning mahalliy «BILLZ» fintex-startapidagi nazorat paketini sotib olish loyihasi «Yil bitimi» deb e’tirof etildi. Mazkur yo‘nalishda «M&A bo‘yicha eng yaxshi investitsiya maslahatchisi» maqomiga «Portfolio Investments» kompaniyasi munosib ko‘rildi.

Qarz bozori tendensiyalari va tahlil

Avvalroq Kursiv Uzbekistan batafsil tahlil qilgan obligatsiyalar sektorining keskin o‘sishi fonida, «Eng yaxshi obligatsiya emitenti» unvoni «Biznes Finans Mikromoliya Tashkiloti» MChJga nasib etdi. Ushbu segmentda «Obligatsiyalar bozorida eng yaxshi anderrayter» mukofotini «Freedom Finance» jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ekspert-tahlil blokida «Avesta Investment Group» «Kapital bozori bo‘yicha eng yaxshi tahlil» nominatsiyasida o‘z yetakchiligini mustahkamlagan bo‘lsa, «Kapital bozorini eng yaxshi yoritish» bo‘yicha «Alkes» kompaniyasi taqdirlandi.

Brokerlik xizmatlari, IT va ESG

Investitsiya vositachilari o‘rtasida chakana investorlar uchun eng yaxshi broker deb «Kapital Depozit» topilgan bo‘lsa, institutsional investorlar yo‘nalishida «Leader Finance Capital» g‘olib chiqdi. «Eng yaxshi hududiy broker» maqomi esa «HB Capital» jamoasiga berildi.

Infratuzilma yetakchisi hamda «Kapital bozori uchun eng yaxshi IT-yechim» yaratuvchisi sifatida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (UzCSD) e’tirof etildi. «Uztelecom» AK «Kapital bozori ESG yetakchisi» mukofotiga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, British Management University (BMU) «Kapital bozori bo‘yicha eng yaxshi akademik hamkor»ga aylandi.

Shuningdek