3-iyun kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda
eʼlon qilindi
( yangilandi)
3-iyun soat 20:00 gacha amal qiladi

3-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 26–38°, kechasi esa 12–25° oralig‘ida bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir kuchliroq bo‘lishi, sel-suv toshqin xavfi saqlanib qolishi mumkin.
Quyida 3-iyun uchun ob-havo ma’lumotlari jadval ko‘rinishida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 33–35° | 19–21° | Kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm | 26–31° | 15–20° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 33–38° | 20–25° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand | 30–35° | 18–23° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Qashqadaryo, Surxondaryo | 33–38° | 18–23° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona | 30–35° | 18–23° | Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | 23–28° | 12–17° | Yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqin xavfi mavjud |
Eslatib o‘tamiz, 2 – 5-iyun kunlari 9 ta hududda sel xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida yozgan edik.