Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 7 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 381 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan
Benzin ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga oshdi
Foto: Getty Images

O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-aprel oylarida 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 27,5 ming tonnaga yoki 7 foizga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, dizel ishlab chiqarish ham o‘sdi. 2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 381 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan. 2025-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 325,3 ming tonna bo‘lgan. O‘sish 55,7 ming tonna yoki 17,1 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, ayrim yonilg‘i va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishida pasayish kuzatildi. Ko‘mir qazib olish 2025-yil yanvar-apreldagi 1,77 mln tonnadan 2026-yilning mos davrida 1,3 mln tonnagacha kamaydi. Bu 470,7 ming tonnalik pasayish degani.

Neft ishlab chiqarish ham biroz qisqardi. 2025-yil yanvar-aprel oylarida 214,3 ming tonna neft ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2026-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 209 ming tonnani tashkil etdi.

Tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi ham kamaygan. 2025-yilning dastlabki to‘rt oyida 15 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz qazib olingan. 2026-yil yanvar-aprel oylarida esa bu ko‘rsatkich 12,6 mlrd kub metr bo‘ldi.

Gaz kondensati ishlab chiqarish 395,2 ming tonnadan 319,3 ming tonnagacha pasaydi. Farq 75,9 ming tonnani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri elektr va gaz narxining oshishi aholi xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani haqida yozgan edi.

Shuningdek