Ebola virusi O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli

eʼlon qilindi
Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqaror
Ebola virusi O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli
Foto: NDTV

Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi past. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqaror.

Ebola og‘ir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan, Afrika davlatlarida uchraydi. Joriy yilda Afrikada Ebola bilan kasallanish bo‘yicha 263 ta tasdiqlangan holat qayd etilgan. Kongo demokratik respublikasi epidemiya markazi hisoblanmoqda.

JSST Ebola global pandemiya keltirib chiqarish ehtimolini past deb baholamoqda.

«Kasallikni mamlakatimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan davlat chegaralarida kirib kelayotgan fuqarolar tibbiy kuzatuvi olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, fuqarolardan virus faol tarqalgan mamlakat va hududlarga bormaslik so‘ralmoqda. Ebola kasallangan odam yoki hayvonning tana suyuqliklari bilan bevosita aloqa orqali yuqadi.

Shu sabab yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilmaslik, ekzotik go‘sht iste’mol qilmaslik, qo‘llarni tez-tez yuvish va faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suv ichish tavsiya etiladi.

Xavfli hududdan qaytganlar 21 kun davomida sog‘lig‘ini kuzatishi kerak. Isitma, holsizlik, qusish yoki diareya kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Kongoda Ebola tarqalishiga qarshi $60 million ajratishi ma’lum qilingandi. BMTning gumanitar yordam bo‘yicha rahbari Tom Fletcher o‘z bayonotida Ebola tarqalishini imkon qadar tezroq nazorat ostiga olish zarurligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hududdagi qurolli mojarolar va aholining yuqori darajadagi harakati qutqaruv hamda tibbiy yordam ishlarini murakkablashtirmoqda.

Shuningdek