Kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarga yetdi

eʼlon qilindi
Ichki talabning katta qismi import hisobiga qoplanmoqda
Xavfsizlik qoidabuzarliklari haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Kimyo mahsulotlari importi yiliga 4,5 milliard dollarga yetdi / Foto: Hafiza Muxtorova / Si

O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari importi yiliga $4,5 mlrdga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Unda mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgani, so‘nggi yillarda sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bundan 9 – 10 yil avval O‘zbekistonda kimyo mahsulotlarining asosiy qismini mineral o‘g‘itlar tashkil etgan. O‘tgan davrda sohaga $8,3 mlrd investitsiya jalb qilinib, 87 ta yirik ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Natijada PVX, «yashil» vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ortiq yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur loyihalar iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun minglab yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladigan xomashyo bazasini yaratdi. Shu bilan birga, kimyo sanoati eksporti uch baravar oshib, sohada band bo‘lganlar soni 50 ming nafardan ortdi.

Biroq yig‘ilishda sohaning mavjud muammolariga ham e’tibor qaratildi. Xususan, so‘nggi to‘qqiz yilda respublika sanoati o‘rtacha 6,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, kimyo sanoatidagi o‘sish sur’ati 3 foizga ham yetmagani ta’kidlandi. Shuningdek, kimyo mahsulotlari importi yiliga $4,5 mlrdga yetgani, mahalliy ishlab chiqarish esa ichki talabning 60 foizini ham qoplay olmayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani, kimyo sanoatida bir ishchiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat boshqa davlatlarga nisbatan 2-3 baravar kam ekani ham ko‘rsatib o‘tildi. Bundan tashqari, «O‘zkimyosanoat» AJ asosan o‘z tizimidagi yirik korxonalar bilan ishlayotgani, sohadagi 5 mingdan ortiq korxonalar bilan tizimli muloqot va hamkorlik yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilda kimyo mahsulotlari eksporti 720 million dollarga yetkazilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek