May oyida UzNIF aksiyalari bilan O‘zbekistonda 1 mln dollarlik bitimlar tuzildi

eʼlon qilindi
Oy davomida «Toshkent» RFBda jami 60,1 mingta bitim tuzilgan
Foto: LSE

May oyida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalari Main Board savdo maydonchasida eng faol qimmatli qog‘oz bo‘ldi. Ular bilan 12,2 mlrd so‘mlik, ya’ni qariyb $1 mln hajmida bitimlar amalga oshirildi.

2026-yil may oyida Toshkent Respublika fond birjasida aksiyalar savdosining umumiy hajmi 243,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oy davomida jami 60,1 mingta bitim tuzilgan.

Shundan 23,7 mlrd so‘mlik savdolar yoki umumiy hajmning 10 foizi Main Board asosiy savdo maydonchasiga to‘g‘ri keldi.

Grafik: «Toshkent» RFB

Oy yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p savdo qilingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha UzNIF’dan keyingi o‘rinlarni «Hamkorbank» aksiyalari 2,8 mlrd so‘m va «O‘zRTXB» aksiyalari 2,25 mlrd so‘m hajmdagi savdolar bilan egalladi.

Birja ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida UzNIF aksiyalari savdo hajmi bo‘yicha asosiy maydonchadagi boshqa emitentlarni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, UzNIF Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) bo‘yicha 2026-yilning birinchi choragini 417,4 mlrd so‘m sof zarar bilan yakunladi. UzNIF taqdim etgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga ko‘ra, jamg‘armaning zarar ko‘rishiga asosiy sabab aksiya va ulush ko‘rinishidagi investitsiyalarni adolatli qiymatda qayta baholashdan ko‘rilgan salbiy natijadir.

Shuningdek