
O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFAga taqdim etilgan 2026 yilgi jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
E’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, terma jamoaning yakuniy tarkibidan 26 nafar futbolchi o‘rin oldi. Qaydnomaga mahalliy chempionat vakillari bilan bir qatorda Angliya, Turkiya, Eron va BAA klublarida faoliyat yuritayotgan legionerlar ham kiritilgan.

Dastlabki kengaytirilgan tarkibdan Umarali Rahmonaliyev, Ruslanbek Jiyanov, Sherzodbek Temirov va Jasur Jaloliddinov yakuniy ro‘yxatga kira olmadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi 1-turni 18-iyun tonggi soat 07:00 da Kolumbiyaga qarshi, 2-turni 23-iyun 22:00 da Portugaliyaga qarshi va 3-turni esa 28-iyun 04:30 da Kongo DR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida turnir mezbonlaridan biri Kanada mehmoni bo‘ldi. Bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida qatnashib, o‘yin va bo‘lajak Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.