Tramp Netanyaxu bilan Livanni bombardimon qilmaslikka kelishdi

eʼlon qilindi
Bayrut tomonga yo‘l olgan bo‘linmalar ham ortga qaytarilgan
Tramp Netanyaxu bilan Livanni bombardimon qilmaslikka kelishdi
Foto: Shutterstock

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Livanda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda u Truth Social sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Netanyaxu bilan suhbat juda samarali bo‘lgan. Shundan so‘ng Isroil qo‘shinlari Bayrutga kiritilmasligi bo‘yicha qaror qabul qilingan. AQSh prezidentining ma’lum qilishicha, Bayrut tomonga yo‘l olgan bo‘linmalar ham ortga qaytarilgan. U Isroil Livandagi «Hizbulloh»ga hujum qilmasligini bildirdi. «Hizbulloh» ham Isroilga qarshi hujumlarni to‘xtatishga rozi bo‘lgan.

«Bibi Netanyaxu bilan juda samarali suhbat o‘tkazdim. Bayrutga hech qanday qo‘shin yuborilmaydi. Yo‘lda bo‘lgan har qanday bo‘linmalar ortga qaytarildi», deb yozdi Donald Tramp.

Tramp «Hizbulloh» vakillari bilan ham yuqori darajadagi aloqalar bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishgan.

«Ular o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Isroil ularga hujum qilmaydi, ular ham Isroilga hujum qilmaydi», deya qayd etgan AQSh prezidenti.

Bu bayonot Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasida keskinlik kuchaygan bir vaqtda yangradi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Livandagi vaziyatni yumshatishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tramp Eron bilan kelishuv loyihasiga o‘zgartirish kiritishni so‘ragani haqida yozgan edi.

Shuningdek