Sport

Eldor Shomurodov Saudiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin

Shomurodov o‘tgan mavsumda klub safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi
Eldor Shomurodov Saudiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin
Foto: Instagram / Shomurodov

Saudiya Arabistoni klublari O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Metaratings xabar berdi.

30 yoshli hujumchi ayni vaqtda Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubida to‘p surmoqda. Manbaga ko‘ra, Shomurodovni Turkiyadagi faoliyati qoniqtirmoqda. Shu bilan birga, futbolchi yillik maoshi 3 mln yevro bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. «Istanbul Bashakshehir» esa o‘zbekistonlik hujumchi transferidan 8,5 mln yevro ishlab olmoqchi.

Foto: Instagram / Shomurodov

Shomurodov o‘tgan mavsumda klub safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 23 ta gol urdi va oltita golli uzatma berdi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston terma jamoasining yakuniy 26 kishilik tarkibi e’lon qilingani haqida yozgan edi.