Oltin markaziy banklarning eng yirik zaxira aktiviga aylandi

eʼlon qilindi
Oltin markaziy banklarning eng yirik zaxira aktiviga aylandi
Foto: Getty Images

Oltin yana markaziy banklarning eng yirik zaxira aktiviga aylandi. Bu haqda Yevropa Markaziy banki hisobotida ma’lum qilindi.

Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, oltin AQSh davlat obligatsiyalarini ortda qoldirdi. Shu tariqa u dunyodagi asosiy zaxira aktiviga aylandi. Bunga markaziy banklarning bir necha yil davom etgan faol xaridlari sabab bo‘lgan. Shuningdek, oltin narxining tarixiy o‘sishi ham muhim omil bo‘ldi.

So‘nggi ikki yil ichida oltin narxi deyarli ikki baravar oshgan. Yanvarda uning narxi bir troya unsiyasi uchun $5,5 mingdan yuqorilagan. 2-iyun kungi savdolarda oltin 0,3 foizga qimmatlashdi. Uning narxi taxminan $4,5 ming atrofida bo‘ldi.

2025-yil boshidan beri oltin narxi 4 foizga oshgan. YMB hisobotiga ko‘ra, 2025-yil oxirida oltin markaziy banklarning barcha zaxira aktivlarida 27 foiz ulushga ega bo‘lgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 20 foiz edi. AQSh g‘aznachilik obligatsiyalari ulushi esa 25 foizdan 22 foizga tushgan. Bu obligatsiyalar uzoq vaqt dollar zaxiralarining asosiy qismini tashkil etib kelgan.

YMB ma’lumotiga ko‘ra, dunyo moliyaviy regulyatorlari 36 ming tonnadan ortiq oltin to‘plagan. Bu ko‘rsatkich Bretton-Vuds tizimi davridagi darajaga yaqin. 1950 va 1960-yillarda AQSh dollari oltin bilan bog‘langan edi. Boshqa valyutalar kursi esa qat’iy belgilangan holda saqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 71 mlrd dollarga yaqinlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek