Honor 600 Vitality Edition smartfoni sotuvga chiqarildi — narx

3-iyun 2026 16:53 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Honor 600 Vitality Edition smartfoni sotuvga chiqarildi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi yangi Honor 600 Vitality Edition smartfonining Xitoydagi savdosini boshladi. Bu haqda Huawei central nashri ma’lum qildi.

Global bozorlarda Honor 600 seriyasi taqdim etilganidan so‘ng, Honor 600 Vitality Edition (Youth Edition) modeli Xitoyda yangicha dizayn bilan debyut qildi. Qurilma 8 yoki 12 GB tezkor xotira hamda 512 GB gacha doimiy xotira variantlarida taklif etilmoqda. Smartfon to‘q sariq, oltinsimon oq va qora ranglarda sotuvga chiqarilgan.

Qurilma 2728 × 1264 piksel aniqlikdagi 6,57 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran 3840 Gts PWM xiralashtirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va maksimal 8000 nit yorqinlik darajasiga ega.

Smartfon Snapdragon 7 Gen 4 protsessori hamda Adreno 722 grafik tezlatgichi asosida ishlaydi. Operatsion tizim sifatida Android 16, interfeys sifatida esa MagicOS 10 qo‘llanilgan.

Foto: Honor

Asosiy kamera optik tasvir barqarorlashtirish funksiyasiga ega 50 megapikselli sensor va 12 megapikselli ultra keng burchakli makro kameradan iborat. Old panelda esa 50 megapikselli selfi kamerasi o‘rnatilgan. Qurilmaga 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u 80 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bundan tashqari, smartfon IP68, IP69 va IP69K standartlari bo‘yicha suv va changdan himoya qilingan. Shuningdek, unda sun’iy intellekt asosidagi suratga olish funksiyalari hamda tarmoq ulanishini optimallashtiruvchi algoritmlar mavjud.

Honor 600 Vitality Edition smartfonining boshlang‘ich narxi $330 etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 600e kuchli texnik imkoniyatlar bilan taqdim etilgan edi.

Shuningdek