O‘zbekiston klublari Jahon chempionatidan qancha ishlab oladi

3-iyun 2026 17:11 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
FO‘zbekiston terma jamoasining yakuniy 26 kishilik tarkibi e’lon qilindi
Foto: O‘FA

O‘zbekiston klublari 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashadigan futbolchilari orqali FIFAdan kamida $4,5 mln daromad oladi.

FIFAning Club Benefits Programme dasturiga ko‘ra, mundialga yuborilgan har bir futbolchi uchun klubga kuniga $11 ming to‘lanadi. Guruh bosqichi yakunigacha (11-iyundan 27-iyungacha, shuningdek, o‘yindan oldingi 10 kun tayyorgarlik bilan jami 27 kun) hisob-kitob qilinsa, bir futbolchi uchun kafolatlangan to‘lov $297 mingni tashkil etadi.

O‘zbekiston klublari bo‘yicha hisob-kitob

KlubFutbolchilar soniKunlik daromad ($)Guruh bosqichidan jami daromad ($)
«Paxtakor»4 nafar44 0001 188 000
«Neftchi»3 nafar33 000891 000
«Nasaf»2 nafar22 000594 000
«Dinamo»2 nafar22 000594 000
«Navbahor»1 nafar11 000297 000
«Buxoro»1 nafar11 000297 000
«Surxon»1 nafar11 000297 000
«OKMK»1 nafar11 000297 000
Jami15 nafar165 0004 455 000

Bu pul qanday taqsimlanadi

FIFA mablag‘ni futbolchining hozirgi klubiga to‘liq bermaydi. Pul futbolchining so‘nggi ikki yil ichida o‘ynagan klublari o‘rtasida vaqtiga qarab taqsimlanadi.

Yuqoridagi $4,45 mln faqat guruh bosqichi uchun hisoblangan kafolatlangan mablag‘. Agar O‘zbekiston terma jamoasi play-offga chiqsa, klublarga to‘lanadigan kompensatsiya har bir qo‘shimcha kun uchun davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFAga taqdim etilgan 2026-yilgi jahon chempionati uchun yakuniy 26 kishilik tarkibi e’lon qilindi. Qaydnomaga mahalliy chempionat vakillari (15 nafar) bilan bir qatorda Angliya (1), Turkiya (2), Eron (5) va BAA (3) klublarida faoliyat yuritayotgan legionerlar ham kiritilgan.

Shuningdek