O‘zbekiston YI uchun migratsiya markazlari tashkil etish masalasini muhokama qilmayapti — TIV

eʼlon qilindi
TIV
Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qilgan
Foto: Yuz.uz

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati mamlakat hududida Yevropa Ittifoqi uchun migratsiya markazlari ochilishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.

«Bugungi kunda mazkur masala bo‘yicha Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hech qanday muzokaralar olib borilmayapti va bunday muzokaralar rejalashtirilmagan», — deya ta’kidlangan TIVda.

Avvalroq Politico nashri saytida Bryussel go‘yoki O‘zbekiston va Qozog‘istonda boshpana berish rad etilgan migrantlar uchun markazlar ochishni rejalashtirayotgani haqida maqola e’lon qilingan edi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bunday markazlarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar boshqa davlatlar hukumatlari bilan ham olib borilgan. Tashabbuskorlar sifatida Germaniya, Daniya, Gretsiya va Yevropa Ittifoqining boshqa ayrim davlatlari tilga olingan.

Shuningdek, migrantlarni qabul qilish markazlarini ochishga rozi bo‘lgan mamlakatlarga Bryussel tomonidan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish hamda viza berish tartibida ayrim yengilliklar taqdim etilishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri Italiyaning Oʻzbekistondagi sobiq elchisi viza mojarosi sabab hibsga olingani haqida yozgandi.

Shuningdek