Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi bilan nimalarni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Tomonlar yoshlar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi va sud-huquq islohotlari bo‘yicha ham fikr almashgan
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi bilan nimalarni muhokama qildi
Foto: Mirziyoyeva Telegram-kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u Telegram kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, Feridun Sinirlio‘g‘lu O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifini iliq eslagan. Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ham samimiy fikr bildirgan.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

YXHT bosh kotibi tashkilot O‘zbekiston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlagan. Suhbat davomida transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar yoshlar manfaatlarini himoyalash, gender tengligi va sud-huquq islohotlari bo‘yicha ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston BMTning nufuzli komissiyasiga qo‘shilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek