Shurtan GKM loyihasida 643 milliard so‘mlik budjet mablag‘i talon-toroj qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi
Foto: Shurtan GKM

Shurtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi doirasida 643,2 milliard so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, ayrim mansabdor va mas’ul shaxslar o‘zaro til biriktirib, aslida qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etilgan 5,3 trillion so‘mlik xizmatlar bo‘yicha elektron hisob-fakturalarga QQS summalarini noqonuniy kiritgan. Natijada budjetda asossiz ravishda QQS mablag‘lari shakllantirilib, ular qaytarib berilishiga hamda ayrim korxonalarning davlat oldidagi qarzdorliklarini yopishga erishilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu sxema orqali 643,2 milliard so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining talon-toroj qilish bilan bog‘liq moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda 35 milliard so‘mlik soxta keshbek sxemasi fosh etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek