2026-yilning birinchi choragida tadbirkorlikka ajratilgan kreditlar 20,2 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Yanvar–mart oylarida
XVJ O‘zbekistonda kreditlar qachon arzonlashishini aytdi
Foto: Getty Images

2026-yil yanvar–mart oylarida iqtisodiyotga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 88,9 trln so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga yuqori, deya xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.

Shundan 35,1 trln so‘m kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,2 foiz o‘sishni anglatadi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 7,9 trln so‘m kreditlar berilgan. Ularning asosiy qismi quyidagi yo‘nalishlarga yo‘naltirilgan:

  • mahalla loyihalari — 4 trln 260 mlrd so‘m;
  • kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash — 1 trln 331 mlrd so‘m;
  • oilaviy tadbirkorlik — 1 trln 253 mlrd so‘m;
  • «Biznesga birinchi qadam» — 1 trln 149 mlrd so‘m.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalla loyihalari doirasidagi kreditlar hajmi ham 36 foizga oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mikromoliya xizmatlari hajmi 17 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek