25 ming dollarlik Kia Seltos 2027 rasman taqdim etildi

4-iyun 2026 17:55 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Kia

Kia AQSh bozorida yangilangan Kia Seltos 2027 modelini rasman taqdim etdi. Bu haqda Carscoops nashri xabar berdi.

Yangilangan Seltos tashqi ko‘rinishi jihatidan brendning flagman modellari — Kia Telluride va Kia EV9’ga yaqinlashdi. Avtomobil yangi LED chiroqlar, qayta ishlangan radiator panjarasi va zamonaviylashtirilgan kuzov dizayniga ega.

Foto: Kia

Bazaviy versiya 147 ot kuchiga ega 2 litrli dvigatel, variator uzatmalar qutisi, 12,3 dyuymli multimedia ekrani, raqamli asboblar paneli va haydovchiga yordam beruvchi elektron tizimlar bilan taqdim etiladi. Standart holatda old g‘ildirakdan tortish tizimi taklif qilinadi, to‘liq uzatma esa qo‘shimcha opsiya sifatida mavjud.

Foto: Kia

Yuqori komplektatsiyalarda o‘rindiqlar isitilishi, simsiz quvvatlash, ikki zonali iqlim nazorati, elektr bagaj eshigi va qo‘shimcha xavfsizlik tizimlari o‘rin olgan.

Foto: Kia

Model qatorining eng yuqori versiyasi bo‘lgan X-Line SX 190 ot kuchiga ega 1,6 litrli turbomotor, 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. Ushbu versiyada panoramali tom va 19 dyuymli g‘ildiraklar ham mavjud.

Foto: Kia

AQShda yangi Kia Seltos 2027 narxi $24 990 dan boshlanadi. Eng boy jihozlangan versiya esa $32 790 ga taklif etiladi. Keyinchalik modelning gibrid talqini ham sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Traverse 2027 narxlari ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek