AQShga sotilgan Mobiuz, zulmatga cho‘mgan Toshkent metrosi, $4,5 millionlik yukni o‘g‘irlagan o‘zbekistonliklar — 4-iyun kungi muhim yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kun davomida O‘zbekiston va dunyoda yuz bergan dolzarb yangiliklar bir maqolaga jamlandi
Foto: Energetika vazirligi
Фото: Mobiuz

MobiUz 351 million dollarga sotildi

Davlat aktivlari agentligi MobiUz mobil operatorini xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro savdo jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.

Savdo natijalariga ko‘ra, AQShning McKim and Company kompaniyasi boshchiligidagi investorlar konsorsiumi g‘olib deb topildi. Konsorsium tarkibida texnologik hamkor sifatida JVR Enterprises LLC (JVR Capital Group) ham ishtirok etadi.

Davomi…

14-mart kuni metan "zapravka"lar cheklangan vaqtda faoliyat yuritadi
14-mart kuni metan «zapravka»lar cheklangan vaqtda faoliyat yuritadi / Foto: Facebook

Toshkentning 9 ta tumanida 40 ta yangi AYQSh quriladi

Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida o‘nlab yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, poytaxtning turli hududlarida jami 43 ta loyiha amalga oshiriladi.

Davomi…

Foto: Mirobod tuman hokimligi

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 8-iyungacha yopiladi

Toshkent shahrida ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan bir nechta markaziy ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Davomi…

Ebola virusi O‘zbekiston uchun qanchalik xavfli
Foto: NDTV

Ebola virusini yuqtirgan 11 nafar bemor izolyatsiyadan qochib ketdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishiga qarshi kurash davom etayotgan bir paytda izolyatsiyadagi bir necha bemor davolash muassasalarini tark etgan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Davomi…

AQShda yuk o‘g‘irligida gumonlangan o‘zbekistonlik jinoiy guruh qo‘lga olindi
AQShda yuk o‘g‘irligida gumonlangan o‘zbekistonlik jinoiy guruh qo‘lga olindi / Foto: New York Post

AQShda yuk o‘g‘irligida gumonlangan o‘zbekistonlik jinoiy guruh qo‘lga olindi

AQShda huquq-tartibot organlari $4,5 mlnlik yuklarni o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Davomi…

Chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari ishga tushdi
Chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari ishga tushdi / Foto: Transport vazirligi

Chegara bojxona postlarida ruxsatnoma berish punktlari ishga tushdi

O‘zbekistonda xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvlari uchun ruxsatnoma tizimini soddalashtirish maqsadida chegara bojxona postlarida yangi xizmat punktlari ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Milliy cholg‘u asboblari xaridining 30 foizini davlat qoplab beradi
Milliy cholg‘u asboblari xaridining 30 foizini davlat qoplab beradi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Milliy cholg‘u asboblari xaridining 30 foizini davlat qoplab beradi

Endilikda milliy cholg‘u asboblarini xarid qilish xarajatlarining 30 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

San’at va adabiyot sohasidagi tanlov g‘oliblari 300 million so‘mgacha mukofot oladi
San’at va adabiyot sohasidagi tanlov g‘oliblari 300 million so‘mgacha mukofot oladi / Foto: Hafiza Muxtorova

San’at va adabiyot sohasidagi tanlov g‘oliblari 300 million so‘mgacha mukofot oladi

O‘zbekistonda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida xalqaro hamda respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlar g‘oliblariga 300 mln so‘mgacha bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Elektrdagi uzilishlar metro harakatiga ham ta’sir qildi
Foto: Shov-shuv uz

Elektrdagi uzilishlar fonida metro harakati vaqtincha to‘xtab qoldi

4-iyun kuni soat 12:41 atrofida Toshkent metrosining «O‘zbekiston», «Chilonzor» va «Yunusobod» yo‘nalishlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi.

Davomi..

Shuningdek