Chegara bojxona postlarida ruxsatnoma berish punktlari ishga tushdi

eʼlon qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va to‘rtta viloyatda
Chegara bojxona postlarida ruxsatnoma berish punktlari ishga tushdi / Foto: Transport vazirligi

O‘zbekistonda xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvlari uchun ruxsatnoma tizimini soddalashtirish maqsadida chegara bojxona postlarida yangi xizmat punktlari ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

«Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qaroriga muvofiq, chegara bojxona postlarida milliy tashuvchilarga xorijiy hamda ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni berish punktlari o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirda ushbu tizim Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi «Dovut-ota», Buxoro viloyatidagi «Olot», Andijon viloyatidagi «Do‘stlik», Sirdaryo viloyatidagi «Sirdaryo», shuningdek Toshkent viloyatidagi «Yallama» va «S.Najimov» chegara bojxona postlarida yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur punktlar xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilarga ruxsatnomalarni tezkor va qulay tartibda rasmiylashtirish imkonini berishi, shu orqali transport-logistika jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatidagi Shohimardon va So‘x yo‘nalishi chegara postlari yozgi sayyohlik mavsumi munosabati bilan 24 soatlik ishlash tartibiga o‘tkazilgan edi.

Shuningdek