Mikromoliya xizmatlari hajmi 17 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Bozorda banklar yetakchi
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yilning birinchi choragida kredit tashkilotlari tomonidan 35,8 trln so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatildi. Markaziy bank sharhiga ko‘ra, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,2 trln so‘mga yoki 17 foizga ko‘p.

Mikromoliya xizmatlarining jami ajratilgan kreditlardagi ulushi 35,1 foizni tashkil etdi. Bozorda banklar yetakchi bo‘lib, ularning ulushi 66 foizga teng bo‘ldi. Mikromoliya tashkilotlari 31,2 foiz, lombardlar esa 2,8 foiz ulushga ega bo‘ldi.

Grafik: MB

Yanvar–mart oylarida 26,6 trln so‘mlik mikroqarzlar va 9,2 trln so‘mlik mikrokreditlar ajratildi. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan 11,2 trln so‘mlik xizmatlarning 71 foizi TezCoin, Shaffof-moliya va Fortuna biznes hissasiga to‘g‘ri keldi.

Grafik: MB

Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi. Poytaxtda 20,6 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, umumiy hajmning 58 foizi shu hudud hissasiga to‘g‘ri keldi.

Grafik: MB

Shuningdek, eng yuqori o‘sish Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, MB aprel oyida ikkita bank va ikkita mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi. Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar va qonunchilik talablariga rioya qilinmagani sababli ikkita bank hamda ikkita mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Shuningdek