Narx va unumdorlik bo‘yicha eng yaxshi smartfon qaysi

4-iyun 2026 07:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Narx va unumdorlik bo‘yicha eng yaxshi smartfon qaysi
Foto: iQOO

AnTuTu benchmark kompaniyasi may oyidagi narx va unumdorlik bo‘yicha eng yaxshi smartfon nomini e’lon qildi. Reyting $590 dan yuqori narx segmentidagi qurilmalar orasida tuzilgan.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni iQOO 15 Ultra egalladi. Bu model brendning ilk Ultra toifasidagi smartfoni hisoblanadi. iQOO 15 Ultra Snapdragon 8 Ultra Gen5 protsessori bilan jihozlangan. Qurilmada 6,85 dyuymli 2K ekran o‘rnatilgan. Displey 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon 7400 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega. U 100 W simli va 40 W simsiz quvvatlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamera tizimi uchta 50 megapikselli sensordan iborat. Shu sababli model nafaqat unumdorlik, balki foto imkoniyatlari bo‘yicha ham yuqori segmentga kiradi. Reytingda ikkinchi o‘rinni Red Magic 11 Pro egalladi. Ushbu o‘yin smartfoni ham Snapdragon 8 Ultra Gen5 chipi bilan ishlaydi.

Red Magic 11 Pro 6,85 dyuymli, kesimsiz ekran bilan jihozlangan. Displey 144 Hz yangilanish chastotasiga ega. Qurilmada 8000 mA/soat sig‘imli batareya va 80 W quvvatlash tizimi bor.

Reyting:

O‘rinSmartfon modeliXotiraBall
1OPPO K12s 5G8GB+128GB1055.5
2REDMI Note 158GB+128GB1037.9
3iQOO Z10x8GB+128GB871.3
4Redmi Note 14 Pro8GB+256GB840.9
5Redmi Note 14 5G8GB+256GB797.0
6Meizu Note 168GB+128GB709.6
7Honor Play 10T8GB+128GB682.0
8Redmi 14C4GB+64GB641.9
9Huawei Enjoy 70S8GB+256GB501.4
10Huawei Enjoy 808GB+128GB413.8

Uchinchi o‘rindan Xiaomi 17 Max joy oldi. Bu model ham Snapdragon 8 Ultra Gen5 platformasida ishlaydi. Xiaomi 17 Max 6,9 dyuymli ekran, 8000 mA/soat batareya va 100 W simli quvvatlashga ega. Shuningdek, u 50 W simsiz quvvatlashni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Hi-tech Mail

Smartfonning asosiy kamerasi 200 megapikselli sensor bilan jihozlangan. Bu uni reytingdagi eng kuchli kamera tizimiga ega modellardan biriga aylantiradi. AnTuTu reytingi qurilmalarni faqat texnik kuchi bo‘yicha emas, balki narxiga nisbatan beradigan imkoniyatlari asosida baholaydi. Shu bois yuqori o‘rinlarni egallagan modellar xaridor uchun eng maqbul flagmanlar sifatida ko‘rilmoqda.

AnTuTu shuningdek, $150 gacha va $150 dan $295 gacha bo‘lgan narx toifalarida ham eng foydali smartfonlarni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri may oyidagi eng yaxshi smartfon e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek