«O‘rgimchak odam: Yangi kun» o‘zbek tilida chiqadi

4-iyun 2026 17:30 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«O‘rgimchak-odam: Yangi kun» o‘zbek tilida chiqadi
Foto: Vital Thrills

Marvel Studios va Columbia Pictures hamkorligida suratga olingan «Spider-Man: Brand New Day» filmi o‘zbek tiliga rasman dublyaj qilinmoqda. Bu haqda Ascar Cinema xabar berdi.

Film «O‘rgimchak odam» franshizasining to‘rtinchi qismi hisoblanadi. Unda bosh qahramon Piter Parker obrazini yana Tom Holland gavdalantirgan.

Video: Ascar Cinema

Ma’lum bo‘lishicha, kartina O‘zbekiston kinoteatrlarida 6-avgustdan boshlab o‘zbek tilida namoyish etiladi. Filmning jahon premyerasi esa 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Film voqealari Piter Parker hayotidagi yangi bosqichni tasvirlaydi. Oldingi filmdagi hodisalardan so‘ng butun dunyo uning shaxsini unutgan. Endi Piter oddiy hayot kechirishga harakat qiladi va superqahramon sifatidagi faoliyatini yangi sahifadan boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Netflix «Qog‘oz bino» filmini yana davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Platforma loyiha qanday formatda qaytishini hozircha ochiqlamadi. Bu yangi mavsum, spin-off yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek