Prezident Sankt-Peterburgda qanday kutib olindi — foto

eʼlon qilindi
Tashrif davomida O‘zbekistondagi AES qurilishiga start beriladi
Prezident Sankt-Peterburgda qanday kutib olindi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga bordi. Bu haqda davlat rahbari ma’lum qildi.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida davlat yetakchisini Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: President.uz

Tashrif dasturiga muvofiq, 4-iyun kuni O‘zbekiston yetakchisi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi. Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ham ishtirok etadi va Putin bilan AES qurilishiga rasman start beradi.

Foto: President.uz

5-iyun kuni esa davlat rahbarining 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida qatnashishi rejalashtirilgan. Mazkur forum dunyoning turli mamlakatlaridan siyosatchilar, biznes vakillari va ekspertlarni bir maydonga jamlaydigan nufuzli xalqaro anjumanlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yetib borgan edi.

Shuningdek