Realme P4R 5G uch kun quvvat ushlashi mumkin

4-iyun 2026 12:50 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Realme P4R 5G uch kun quvvat ushlashi mumkin
Rasm: Grok

Realme kompaniyasi yangi P4R 5G smartfonini 10-iyun kuni taqdim etadi. Gizmochina xabariga ko‘ra, modelning asosiy jihati 8 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘ladi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon bir marta quvvatlanganda uch kungacha ishlashi mumkin.

Qurilma 45 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Unda teskari quvvatlash, bypass charging va aqlli quvvat boshqaruvi funksiyalari ham bo‘ladi.

Realme P4R 5G MediaTek Dimensity 6300 chipi asosida ishlaydi. Smartfon Android 16 va Realme UI 7.0 tizimi bilan chiqariladi. U 256 GB gacha xotira va 14 GB gacha virtual tezkor xotiraga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Smartfon IP65 himoyasi, MIL-STD-810H harbiy chidamlilik standarti, 144 Hz ekran va 50 MP asosiy kameraga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus va Realme brendlari yagona ishlab chiqish markazini tashkil etib, brend boshqaruvini qayta tuzgandi.

Unga ko‘ra, OnePlus va Realme kompaniyalarida ichki tuzilma yangilanib, mahsulot ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlarini birlashtirgan markaz tashkil etilgan. Ushbu markaz Xitoy va xalqaro bozorlar uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek