SpaceX IPO’da aksiyalarini 135 dollardan joylashtirmoqchi

eʼlon qilindi
Kompaniya deyarli 555,56 mln dona aksiyani Nasdaq va Nasdaq Texas birjalarida joylashtirmoqchi
SpaceX IPOda aksiyalarini 135 dollardan joylashtirmoqchi
Foto: X/SpaceX

Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi IPO doirasida aksiyalarini bir dona uchun $135 dan joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi saytida e’lon qilingan yangilangan prospektida ma’lum qilindi.

SpaceX deyarli 555,56 mln dona aksiyani Nasdaq va Nasdaq Texas birjalarida joylashtirmoqchi. Kompaniya aksiyalari SPCX tikeri ostida savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan. Agar aksiyalar belgilangan narxda joylashtirilsa, SpaceX taxminan $75 mlrd jalb qiladi. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, bu tarixdagi eng yirik IPO bo‘lishi mumkin.

Bunday shartlarda kompaniyaning umumiy qiymati $1,77 trln deb baholanadi. Bu SpaceX’ni dunyodagi eng qimmat ommaviy kompaniyalar o‘ntaligiga olib kirishi mumkin. SpaceX bahosi Tesla qiymatidan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Tesla’ning 3-iyun savdolari yakunidagi bozor qiymati taxminan $1,59 trln bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri SpaceX va xAI sun’iy intellekt quvvatlarini ijaraga bermoqchiligi haqida yozgan edi.

Shuningdek