TikTok FIFA Jahon chempionati uchun alohida ilovani ishga tushirdi

eʼlon qilindi
Ilova foydalanvchilar orasida muloqot qilish imkonini ham beradi
TikTok FIFA Jahon chempionati uchun alohida ilovani ishga tushirdi / Foto: The Good Men

TikTok kompaniyasi AQShda yirik madaniy va sport tadbirlari uchun mo‘ljallangan TikTok Pro Events nomli yangi platformani ishga tushirdi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Ilova 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati kabi yirik tadbirlarga bag‘ishlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga boshqa muxlislar bilan muloqot qilish, ommalashayotgan videolarni tomosha qilish va maxsus tanlangan kontent mualliflari sahifalarini kuzatish imkonini beradi.

18 yoshdan katta foydalanuvchilar ilovadagi turli faolliklar uchun Stars nomli mukofot ballarini yig‘ishi mumkin. Buning uchun trenddagi xeshteglarni qidirish, FIFA Jahon chempionati markaziga tashrif buyurish yoki kontent ulashish kabi vazifalarni bajarish talab etiladi.

To‘plangan ballar evaziga FIFA Jahon chempionatining rasmiy suvenirlari, TikTok Shop chegirma kuponlari yoki Feeding America tashkiloti bilan hamkorlik doirasida xayriya mablag‘larini yo‘naltirish imkoniyati taqdim etiladi.

TikTok vakillarining ta’kidlashicha, FIFA Jahon chempionatiga oid maxsus bo‘limlardan asosiy TikTok ilovasi orqali ham foydalanish mumkin. Buning uchun foydalanuvchilar «FIFA World Cup» so‘zini qidirishi kifoya. Ushbu bo‘limlar TikTok GamePlan platformasi asosida ishlaydi va sport jamoalari, ligalar hamda translyatorlarga auditoriya qamrovini kengaytirish va muxlislar faolligini oshirishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi maktablarda terma jamoa o‘yinlari uchun tomosha maydonlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek