Dollar yangi haftani o‘sish bilan boshlaydi: 8-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
5-iyun kuni esa 26,53 so‘mga oshib, 11 997,21 so‘mga yetgan edi

8-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 52,23 so‘mga oshib, 12 049,44 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

1-iyun kuni 4,11 so‘mga oshib, 12 001,94 so‘mni, 2-iyun kuni 52,91 so‘mga tushib, 11 949,03 so‘mni, 3-iyun kuni 14,39 so‘mga tushib, 11 934,64 so‘mni tashkil qilgan edi. 4-iyun kuni 36,04 so‘mga oshib, 11 970,68 so‘mga, 5-iyun kuni esa 26,53 so‘mga oshib, 11 997,21 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 75,18 so‘mga oshib, 14 024,34 so‘mni, rubl esa 2,4 so‘mga oshib, 163,92 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 5-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.