Gadjetlar

OnePlus Turbo 6X Pro Samsung ekrani bilan chiqadi

Taqdimotdan oldin
OnePlus Turbo 6X Pro arzon narxda chiqishi mumkin
Foto: OnePlus/Digital Chat Station

OnePlus Turbo 6X Pro smartfoni taqdimotdan oldin internetda ko‘rsatildi. Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, model Samsung ishlab chiqargan 1.5K+ ekran bilan jihozlanadi. Ekran yangilanish tezligi 144 Hz bo‘ladi.

Smartfon MediaTek Dimensity 7400 Super chipi asosida ishlashi kutilmoqda.

Qurilmaning asosiy jihatlaridan biri 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘ladi. U 8/128 GB, 8/256 GB va 12/256 GB xotira variantlarida chiqarilishi mumkin.

Bazaviy OnePlus Turbo 6X esa 144 Hz LCD ekran, Dimensity 7360 Super chipi va 7000 mA/soat batareya bilan taqdim etilishi aytilmoqda.

Avvalroq OnePlus Turbo 6X Pro narxi taxminan $147 atrofida bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi. Shuningdek, smartfon IP69X himoyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qurilma Xitoy bozorida 18-iyungacha namoyish qilinishi kutilmoqda.