Tramp AQSh Erondagi operatsiyani tez yakunlashini aytdi

eʼlon qilindi
AQSh Erondan «juda tez chiqib ketishi» kerak bo‘lgan bosqichga kelgan
Tramp AQSh Erondagi operatsiyani tez yakunlashini aytdi
Foto: Shutterstock

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Erondagi operatsiyani tez orada yakunlash niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Tramp bu haqda Viskonsin shtatining Chippva-Fols shahrida qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan davra suhbatida aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Erondan «juda tez chiqib ketishi» kerak bo‘lgan bosqichga kelgan.

«Biz Erondan juda tez chiqib ketishimiz kerak bo‘lgan nuqtaga keldik. Bu juda qat’iy qadam bo‘ladi. Bu yo qog‘oz orqali, yo qat’iy usullar bilan amalga oshadi», – dedi Donald Tramp.

AQSh prezidenti jarayon deyarli yakuniga yetganini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, operatsiya ikki tomonlama kelishuv orqali yoki keskin choralar bilan tugashi mumkin.

Shuningdek, OAV xabarlariga ko‘ra, Tramp Ukraina mojarosini tartibga solish jarayoniga ham to‘xtaldi. U bu masalada o‘zi va vitse-prezident Jey Di Vens ishtirok etayotganini aytdi.

«Menimcha, mojaro hal qilinadi. Aftidan, biz tinchlikka yaqinlashyapmiz», – deya qayd etgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Tramp AQShning xorijdagi harbiy amaliyotlarini kengaytirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek