
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida shaxsiy xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 6-iyun kuni soat 14:13 da yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in Yashnobod tumani «Bog‘bon» MFY, Xonariq ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yuz bergan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari soat 14:22 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:31 da qurshab olingan va soat 14:37 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Dehlidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in 21 kishining umriga zomin bo‘lgani haqida yozgan edi.