6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgar ayol Turkiyada qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Ikki mamlakat IIV hamkorligida
6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgar ayol Turkiyada qo‘lga olindi / Foto: IIV

2020-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan firibgarlik bilan shug‘ullangan ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, mazkur ayol Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan. U o‘zi tashkil etgan mas’uliyati cheklangan jamiyat orqali fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan, ularni AQSh va Yevropa davlatlarida yuqori maoshli ishga joylashtirishni va’da qilib, fuqarolarni aldab kelgan.

Shuningdek, u turli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish orqali fuqarolarning ishonchiga kirib, ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxs Turkiya hududida yashirinib yurgani aniqlangan. IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Turkiya Respublikasi IIV o‘rtasidagi «4+4» mexanizmi doirasidagi hamkorlik natijasida u Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uch yildan beri xorijda yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs AQShda qo‘lga olindi va O‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.

Shuningdek