9-iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati qanday bo‘ladi
eʼlon qilindi
9-iyun soat 20:00 gacha amal qiladi

9-iyun kuni O‘zbekiston hududlarida havo harorati kunduzi +22…+39 daraja, kechasi esa +12…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib qoladi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +33…+35°C | +21…+23°C | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +28…+33°C | +15…+20°C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +32…+37°C | +18…+23°C | Kutilmaydi |
| Toshkent viloyati | +32…+37°C | +18…+23°C | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Jizzax va Sirdaryo viloyatlari | +32…+37°C | +18…+23°C | Kutilmaydi |
| Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari | +32…+37°C | +18…+23°C | Kechasi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Surxondaryo viloyati | +34…+39°C | +20…+25°C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari | +32…+37°C | +17…+22°C | Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari | +22…+27°C | +12…+17°C | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqinlari ehtimoli |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini xavfi e’lon qilingan edi.