Dollar tushdi: 9-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
8-iyun kuni 52,23 so‘mga oshib, 12 049,44 so‘mni tashkil etgandi
Foto: Pexels

9-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 36,04 so‘mga tushib, 12 013,40 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Manba: Markaziy bank

2-iyun kuni 52,91 so‘mga tushib, 11 949,03 so‘mni, 3-iyun kuni 14,39 so‘mga tushib, 11 934,64 so‘mni tashkil qilgan edi. 4-iyun kuni 36,04 so‘mga oshib, 11 970,68 so‘mga, 5-iyun kuni esa 26,53 so‘mga oshib, 11 997,21 so‘mga yetdi. 8-iyun kuni 52,23 so‘mga oshib, 12 049,44 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 193,31 so‘mga tushib, 13 831,03 so‘mni, rubl esa 0,05 so‘mga tushib, 163,87 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 8-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek