Chevrolet Onix 2027 yangi versiyalar bilan to‘ldirildi

8-iyun 2026 07:24 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Onix 2027 yangi versiyalar bilan to‘ldirildi
Foto: Chevrolet

General Motors Braziliyada Chevrolet Onix 2027 model qatorini kengaytirdi. Yangilangan qatorga Log, Pro, Eco va Activ versiyalari qo‘shildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Bu Chevrolet’ning Braziliyadagi eng ommabop modeli uchun muhim yangilanishlardan biri bo‘ldi. Endi Onix xetchbek kuzovida jami to‘qqizta, sedan kuzovida esa beshta komplektatsiyada taklif etiladi.

Foto: Chevrolet

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 2027-yilgi Onix qatori turli xaridorlar ehtiyojiga moslashtirilgan. Log versiyasi yengil logistika ishlari uchun mo‘ljallangan. Pro esa bazaviy, ammo yaxshiroq jihozlangan variant sifatida taqdim etildi.

Eco versiyasi etanol yoqilg‘isida ishlaydigan model hisoblanadi. Chevrolet bu orqali karbon chiqindilarini kamaytirish strategiyasini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Activ esa utilitar uslubdagi versiya sifatida ishlab chiqilgan.

Foto: Chevrolet

Yangi versiyalardan uchtasi faqat xetchbek kuzovi uchun taklif etiladi. Faqat Eco komplektatsiyasi xetchbek va sedan uchun umumiy bo‘ladi.

Yangi Onix versiyalari model qatorining quyi va o‘rta narx segmenti oralig‘ida joylashadi. Bu Chevrolet’ga Braziliya bozorida raqobatni kuchaytirish imkonini beradi.

Chevrolet Brazil’ga ko‘ra, Onix portfelining kengayishi 2027-yilgi qatorning asosiy yangiligi bo‘ldi. Kompaniya bu qarorni bozor talablari va xaridor ehtiyojlari o‘zgarib borayotgani bilan izohladi.

Foto: Chevrolet

«Onix portfelining kengayishi 2027-yilgi qatorning asosiy yangiligi bo‘lib, loyiha bozor o‘zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojiga mos ravishda rivojlana olishini ko‘rsatadi», — deyiladi Chevrolet Brazil bayonotida.

Kompaniya Onix modeli Braziliyada Chevrolet’ning eng katta muvaffaqiyatlaridan biri ekanini ham qayd etdi. Model mahalliy ishlab chiqarila boshlaganidan beri 3 mln donadan ortiq hajmda ishlab chiqarilgan.

Foto: Chevrolet

Yangilangan 2027-yilgi Chevrolet Onix qatori Braziliyada yaqin haftalarda sotuvga chiqadi. Aynan Braziliya Onix nomi ilk bor paydo bo‘lgan bozor hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Onix 2027 avtomobili rasman taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek