Chustda oshxona 1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

eʼlon qilindi
Namangan viloyati
Chustda oshxona 1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Foto: «O‘zenergoinspeksiya»

Namangan viloyatining Chust tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaroga qarashli oshxona tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani ma’lum bo‘ldi.

Holat oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 1,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aytilmoqda. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 855,9 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MChJ rahbari noturar binoda tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Ushbu holatda 334,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani qayd etilgan.

Shuningdek