Hafta davomida harorat 40 darajagacha boradi

8–12-iyun kunlari O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. «O‘zgidromet» haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 9-iyun kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir ehtimoli bor.
10–12-iyun kunlari asosan kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati asosan 32–37 daraja, janubda 39 darajagacha bo‘ladi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zon kuzatiladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqinlari xavfi saqlanib qoladi.
Toshkentda ob-havo
Toshkent shahrida harorat 35–37 daraja bo‘ladi. 9-iyun kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
10–12-iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 21–23 daraja, kunduz kunlari 33–35 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–12 m/s gacha kuchayadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6 – 8-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning qator tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi xabar qilingandi.